Navbatdagi reyd: Surxondaryoda yovvoyi to‘ng‘iz ovlangani ma'lum bo‘ldi
03.
11. 2023
11:59
2315
Yangiliklar

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurash, brakonyerlikning oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri O’zbekiston Respublikasi Chegara qo’shinlari  bilan hamkorlikda Muzrabot tumani hududida tashkil etildi. Tadbir davomida “Bog’i eram” mahallasi hududida ikki nafar fuqaro qo’lbola tuzoq qo’ygan holda yovvoyi to’ng’iz ovlaganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 4 million 950 ming so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlarning har biri BHM 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Fuqarolar jarima va yetkazilgan zararni to‘laydigan bo‘ldi.

Foydali manbalar