Sirdaryoda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasi orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi
02.
11. 2023
14:39
1407
Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida fuqaro A.A. tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlandi. 

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan "Navbahor" MFY hududiga o'rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. A. A. BHMning bir barobari — 330 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, ayni damda Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday kameralar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Foydali manbalar