27 ta quyon noqonuniy ovlangani aniqlandi. Hujjatlar sudga yuborildi
01.
11. 2023
10:47
1434
Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi, "Barsakelmes" davlat buyurtma qo‘riqxonasi hamda tuman IIV xodimlari hamkorligida reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Qo‘ng‘irot tumanida fuqarolari T.E. va T.E.лар noqonuniy tarzda 27 ta quyon ovlagani ma'lum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga jami 8 million 900 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, tegishli hujjatlar MJtKning 60-moddasiga asosan maʼmuriy ishlar boʻyicha sud organiga yuborildi.

Foydali manbalar