Noqonuniy baliq ovlagani uchun besh nafar huquqbuzar 17 million so‘mdan ortiq tovon to‘laydi
31.
10. 2023
15:11
1541
Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi va DXX chegara qo‘shinlari xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida Termiz tumani “Xalqabod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi zovurdan 5 nafar fuqaro 4 dona lesh, 6 dona tovonbaliqdan xo’rak sifatida foydalanib, ov qilayotganligi ma'lum bo'ldi. 

Tabiatga 990 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan huquqbuzarlarning har biriga nisbatan BHMning 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Huquqbuzarlarning har biri 3 million 498 ming so‘mdan (jarima va yetkazilgan zarar) to‘laydigan bo‘ldi.

Barcha hududlarda tezkor reyd tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

Foydali manbalar