“Bir makon, bir yo‘l": Toshkentda "O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochiladi
26.
10. 2023
17:50
2443
Yangiliklar

Joriy yilning 28-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi ko‘rgazmasi ochiladi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Badiiy akademiya, Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Xitoyning O‘zbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi, “Trans-Asia Gas Pipeline Company Limited” kompaniyasi va "Shanxay qurilish guruhi" hamkorligida tashkil etilgan tadbirda respublika vazirlik va idoralari vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, tadbirkorlar, san’at arboblari, Xitoy va O‘zbekiston san’at kollejlari va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etadi.

Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish etiladi.

Tarix muzeyidagi 2 kunlik ko‘rgazmadan so‘ng rasmlarning bir qismi taqdimot uchun "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga yuboriladi va u yerda universitet fondiga o‘tkaziladi.

Foydali manbalar