Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Sariosiyo tumani hududidan oqib o’tuvchi “To’palang” daryosida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqarolar S.O‘. tomonidan daryo o’zanidan noqonuniy ravishda qum-shag’al qazib olinayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 71Prim 1-moddasining 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. S. O‘.ga nisbatan BHMning 30 barobari (9 million 900 ming so‘m) miqdorida jarima belgilandi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 4 million 600 ming so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi. S. O‘. qilmishi uchun jami 14 million 500 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.