Daraxtlarni kesishga ruxsat bergan mahalla raisi jarimaga tortildi
25.
10. 2023
15:49
1642
Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Quvasoy shahar bo‘limi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbirlari olib borildi. 

Reyd davomida Quvasoy shahar, “Cho‘lpon” MFYda yashovchi fuqaro T.D.  uyi oldidan o‘tuvchi gaz trubalariga xalal berayotganini aytib, ikki tup tol daraxtini kesish haqida mahalla raisidan og'zaki ruxsat so'ragani, mahalla raisi S.Q. esa o‘zboshimchalik bilan kesishga ruxsat berganligi aniqlandi.  

Ma'lumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasida daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarni hamda nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish uchun javobgarlik belgilangan.

Huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga 11 million 055 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. S.Q.ga esa MJtKning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida (3 million 300 ming so'm) jarima belgilandi.

Mahalla raisi qilmishi uchun jami 14 million 355 ming so'm miqdorida tovon to'laydigan bo'ldi.

Foydali manbalar