Huquqbuzar jarimaga tortildi. Ovlangan qushlar qo‘yib yuborildi
25.
10. 2023
10:47
1962
Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo'stonliq tumani boʼlimi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumanning Qoramanas MFY hududida fuqaro I.R. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I.R. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, hududga noqonuniy o’rnatilgan to’rlar olib tashlandi hamda to'rga tushgan qushlar qo’yib yuborildi.

Foydali manbalar