Navoiy viloyatida noqonuniy daraxt kesgan huquqbuzar 8 million so‘mdan ortiq tovon to‘laydi
23.
10. 2023
16:21
1400
Yangiliklar

Navoiy viloyati, Navbahor tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida A.N. Navbahor MFY hududidagi "Navbahor" koʻchasida bir tup tut daraxtining tag qismidan kesib, oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikast yetkazganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi. Tabiatga 6 mln 600 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi va huquqbuzarga 1 mln 650 ming soʻm jarima belgilandi. A. N. qilmishi uchun jami 8 mln 250 ming so‘m to'laydigan bo'ldi.

Foydali manbalar