Ona tili — oʻtmish, bugun va kelajakni bogʻlovchi beqiyos vosita 
19.
10. 2023
10:30
1561
Yangiliklar

Ona tili har bir millatning oʻzligini aks ettiruvchi, qadriyat va anʼanalarning avloddan avlodga sayqallanib meros qoldirilishida katta xizmat qiluvchi beqiyos vositadir. Shu kunlarda mamlakatizda “Oʻzbek tili haftaligi” tadbirlari koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida ham 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 

Videomuloqot shaklida oʻtkazilgan tadbirda vazirlik mutaxassislari, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalar xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni Ekologiya vazirining maslahatchisi Matnazar Elmurodov kirish soʻzi bilan ochib, oʻzbek tilining bugungi kundagi ahamiyati, uni yanada rivojlantirish, yosh avlod ongu tafakkurida ona tilimizga nisbatan hurmat tuygʻusini shakllantirish borasida qilinishi lozim boʻlgan ishlar xususida toʻxtaldi. 

Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, professor Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etib, dunyo tillari orasida oʻzbek tilining imkoniyati qay darajada katta ekanligi, ona tilini puxta bilish, undan samarali foydalanish har bir Vatandoshimizning sharafli burchi ekanligini taʼkidladi.   
 
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali manbalar