Suvli-botqoqli yerlar to‘g‘risida Ramsar Konvensiyasi – bu jahondagi barcha suvli-botqoqli yerlarni asrash va ulardan oqilona foydalanishga doir dunyo miqyosidagi hukumatlararo bitim. U 1971 yil 2 fevralda Eron Islom Respublikasining Ramsar shahrida Suvli-botqoqli yerlar to‘g‘risidagi konvensiya missiyasi tomonidan qabul qilingan. Konvensiyaning asosiy qoidasi quyidagicha yangraydi: «mahalliy, mintaqaviy va milliy harakatlar hamda xalqaro hamkorlik yo‘li bilan barcha suvli-botqoqli yerlarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, hamma joyda barqaror rivojlanishga erishishga qo‘shilgan hissa sifatida». O‘zbekiston Respublikasi Ramsar Konvensiyasiga 2001 yilda qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida suvda suzuvchi va suv yaqinida yashaydigan qushlar to‘planadigan joylar sifatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, katta suv va suv yaqinida yashovchi jonivorlar zaxiralariga ega bo‘lgan o‘nga yaqin suv havzalari (asosiy suv havzalari – Dengizko‘l, Sudochye, Arnasoy, To‘dako‘l, Achin ko‘rfazlari, Qoraqir) mavjud.
- Yangiliklar
- Vazirlik haqida
- Huquqiy faoliyat asoslari
- Vazirlik funktsiyalari va vazifalari
- Vazirlik tarixi
- Rahbariyat
- Vazirlik tarkibi
- Tenderlar
- Yoshlar siyosati
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Faoliyat ko‘rsatkichlari
- Jamoatchilik kengashi
- Vazirlik Hayat yig‘ilishi
- Xalqaro aloqalar
- Elektron hukumat
- Ma'naviyat va ma'rifat
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Green University
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Ochiq ma'lumotlar
- Axborot xizmati
- Xizmatlar
- Aloqalar
- COP14
Foydali manbalar