Tezkor! 6–7-oktabr kunlari kuchli yomg'ir yog'ib, sel kelishi ehtimoli bor
04.
10. 2023
17:22
1929
Yangiliklar

Joriy yilning 6–7-oktabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatida kuchli yomg'ir va sel kelishi kutilmoqda.

Qashqadaryo (Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida), 
Surxondaryo (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida), 
Samarqand (Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida), 
Navoiy (Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida), 
Jizzax (Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof-Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida), 
Toshkent (Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlarida), Namangan (Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida), 
Farg‘ona (So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida), Andijon (Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida) viloyatlarida kuchli yomg'ir yog'ishi va el kelishi ehtimoli bor.

Tog' oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, shuningdek, dam olishga boruvchi fuqarolar hamda tog'li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishlarini so‘raymiz.

Foydali manbalar