O'zbekiston chiqindilarni boshqarish bo'yicha Shvetsiya tajribasini o'rganishni rejalashtirmoqda
30.
09. 2023
12:38
2645
Yangiliklar

Ekologiya vazirligi tizimidagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari Sharifbek Hasanov Shvetsiyaning O'zbekistondagi elchisi Tomas Danestad hamda Shvetsiya chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash uyushmasi katta maslahatchisi Vern Vikvist bilan uchrashdi.

Ma'lumot uchun, Chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Shvetsiya ilg‘or tajribasini O‘zbekiston sharoitida amaliyotga joriy etish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida chiqindilarni boshqarish va tizimga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishni jadallashtirish masalasi muhokama qilindi. 

Shuningdek, mamlakatda chiqindilar bo‘yicha vaziyatni, jumladan, ushbu sohadagi qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarni o‘rganish hamda tahlil qilish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Bundan tashqari, Shvetsiyaning chiqindilarni boshqarish modeliga asosan chiqindilarni qayta ishlash hamda undan energiya ishlab chiqarishga urg‘u berildi. 

Bundan tashqari, chiqindilarni energiyaga aylantirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish, barqaror loyihalash va hayotga tatbiq etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.

Foydali manbalar