Yoshlarda ekoturizm madaniyatini oshirish: Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida Membership Training tadbiri bo‘lib o‘tdi
29.
09. 2023
12:37
1811
Yangiliklar

25-26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Puchon universiteti tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi va “Balandlik” Yosh sayyohlik doirasi" loyihasi ko‘magida “Amirsoy” dam olish maskani hududida Membership Training (MT) tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Toshkent shahridagi Puchon universiteti rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va 1-bosqich talabalari, Ekologiya vazirligi, “Balandlik” yosh sayyohlar klubi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.





Ma’lumot uchun, MT (Membership Training) yoshlar tadbiri bo‘lib, ishtirokchilar o‘rtasida jamoaviy ruhni rivojlantirish, qat’iyat, mas’uliyat, ishonch, qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri yo‘l tanlash, tabiatga muhabbat uyg'otish, ekoturizm madaniyatini singdirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli faol faoliyat turlaridan iborat.

Ta’kidlash joizki, bu yilgi MT tadbiri “O‘zingga ishon!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi, unda tashkilotchilar tabiatga g‘amxo‘rlik qilish, uning go‘zalligi va ulug‘vorligini qadrlay bilishga, talabalarda ekoturizm madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbirda 225 kishi ishtirok etdi. MT davomida ishtirokchilar oʻrtasida sport musobaqalari, “Boʻstonliqning togʻ goʻzalligi”, “Oʻzbekistonning yangi yoshlari chehralari” kabi nominatsiyalar boʻyicha fotosuratlar tanlovlari tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida jamoaviy ruhni shakllantirish, ularda o‘qish va keyingi hayotlarida yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Foydali manbalar