Toshkentda fuqaro ikkinchi marta belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini to'kib ketdi. Transport vositasi musodara qilinadi 
28.
09. 2023
15:36
2786
Yangiliklar

Toshkent tumani Qorasaroy mahallasidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yiga qurilish chiqindilari to‘kib ketildi. Holat ushbu hududdagi xonadonlardan biriga o‘rnatgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor ekologik surishtiruv ishlari natijasida Toshkent tumani, Qorasaroy MFY, Istiqolol ko‘chasida yashovchi fuqaro A.T. davlat raqami "10 D 781 LA" bo’lgan "Zil" rusumli yuk avtotransportida qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga to‘kkanligi aniqlandi.

Ta'kidlash kerakki, A.T. avval ham shunday huquqbuzarlik sodir etgan va joriy yilning 7-sentabr kuni MJtKning 91Prim 1-moddasi, 3-qismi bilan dalolotnoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobarida — 1 million 650 ming so‘m jarima qo‘llanilgan edi. Oradan 8 kun o‘tib esa fuqaro  tomonidan takror huquqbuzarlik sodir etildi.

Ma'lumot uchun, MJtKning 91Prim 1-moddasida huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa, huquqbuzarlik quroli musodara qilinishi belgilab qo‘yilgan.

 Shunga asosan, ayni damda A.T.ning transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo’yilib, musodara qilinishi yuzasidan hujjatlar to’planib, sudga da’vo arizasi kiritilmoqda.

Foydali manbalar