Toshkentda akatsiya daraxtlariga shikast yetkazildi
26.
09. 2023
14:58
2555
Yangiliklar

Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limiga fuqaro А.M. tomonidan daraxtlarga shikast yetkazilib, kesilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. 



Murojaat Olmazor tuman bo‘limi ishchi guruhi tomonidan voqea joyiga chiqib o‘rganildi.  O‘rganish jarayonida Olmazor tumani, “Olimpiya” MFY, Velosport federatsiyasi hududidagi qurilish jarayonida bino old tomonida joylashgan 1 tup akatsiya daraxti ildiz qismi bilan yo‘q qilinganligi, shuningdek, 6 tup akatsiya daraxti tana qismiga shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddalari talablari buzilgan.  



Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga binoan tabiatga 6 million 600 ming so‘m miqdorida zarar keltirilganligi, shu bilan birga, 6 tub daraxtga 7 million 920 ming so‘mlik shikast yetkazilganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarlik uchun jami 14 million 520 ming so‘m undirilishi belgilandi. Shuningdek, tana qismi shikastlangan 6 tup akatsiya daraxti ta’mirlanib, o’sishda davom etishi ta’minlandi.

Foydali manbalar