Yangi Konstitutsiyaning ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
13.
09. 2023
18:56
2214
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan oʼquv seminari oʼtkazildi. 

Seminarda vazirlik mutasaddilari, vazirlikning tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda spikerlar tomonidan Konstitutsiya ijrosini soʼzsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar, bosh qomusimizdagi asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalar yuzasidan maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga jamiyatda Konstitutsiyaning soʼzsiz ijrosi, unga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha vazifa, burch va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Foydali manbalar