"Butunjahon tozalik kuni": atrof-muhitni chiqindilardan tozalashda faol ishtirok eting
13.
09. 2023
11:57
2300
Yangiliklar

16-sentabr — respublika miqyosida "Butunjahon tozalik kuni" o‘tkaziladi. 

Ekologiya vazirligi tomonidan shu kuni butun respublika miqyosida “Uzplogging” chiqindi yig'ish va sog'lomlashtirish tadbirlari, “Clean game” o‘yinlari va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, barcha hududlar chiqindilardan tozalanadi.

"Butunjahon tozalik kuni" yurtimizda an'anaviy tarzda har yili sentabr oyining uchinchi shanbasida nishonlanib kelinadi. Maqsad jamoatchilik e'tiborini dolzarb ekologik muammolarga qaratish, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, ekologik madaniyat va mas'uliyatni oshirish, aholini tabiatni ozoda saqlashga jalb qilishdir.

Barchangizni "Butunjahon tozalik kuni"da faol bo‘lib, atrof-muhitni chiqindilardan tozalashda munosib hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

Toza sayyora uchun harakatga qo‘shiling!

Qatnashish bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: 71-207-11-07

 

Foydali manbalar