Sirdaryoda daraxt kesgan fuqaro jazolandi
08.
09. 2023
11:31
2131
Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Xovos  tumani bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida “Xovosobod” SIU hududida yashovchi fuqaro A.Q. tomonidan koʻcha chetida qurigan bir tup tol daraxti hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy  bayonnoma rasmiylashtirildi. A. Q. 1 million 650 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Foydali manbalar