Jarohatlangan botqoq qushi va ukkining hayoti asrab qolindi
08.
09. 2023
10:35
1663
Yangiliklar

Ekologiya vazirligining 11-57 ishonch telefoni orqali Samarqandda xonadonlardan biri atrofiga jarohatlangan qush kelib qolgani haqida murojaat kelib tushdi. 

Murojaat Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi va jarohatlangan qush kichik botqoq qushi ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Qush Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida maxsus ko‘rikdan o‘tkazildi. Holati yaxshiligiga ishonch hosil qilingach, tabiat bag'riga qaytarildi. 

Shuningdek, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi G’ijduvon tumani bo‘limiga jarohatlangan ukki qushi haqida murojaat kelib tushdi.

Holat o‘rganilganida "A.Qahhor" MFY hududida ukki qushi oyoqlari jarohatlanib, ucha olmayotganligi ma'lum bo‘ldi. Tuman inspektori tomonidan qush veterinariya bo’limiga olib borilib, birinchi yordam ko’rsatildi.

Ayni paytda ukkiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, parvarish qilinmoqda. Qush to‘liq sog’ayib ketgach, tabiat bag’riga qo’yib yuboriladi.

Foydali manbalar