O‘zbekiston Orolni tiklash uchun xalqaro loyihalarni amalga oshirmoqda — "Euronews" 
08.
09. 2023
10:29
2358
Yangiliklar

"Euronews" telekanali Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi haqida reportaj tayyorladi.

Reportajda Orol dengizining yo'q bo'lib ketishi haqida so‘z yuritilgan. Orolning qurishiga insoniyat tomonidan amalga oshirilgan eng ulkan ekologik ofat deb tarif berilgan.

Shuningdek, reportajda O'zbekiston qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Orolni qayta tiklash uchun bir qancha loyihalarni amalga oshirayotganligi haqida so‘z borgan.  

Qolaversa, dengizning qurigan tubida saksovul ekish, bugungi Mo‘ynoq shahri va “My garden in the Aral sea” loyihasiga ham to‘xtalib o'tilgan.

Bundan tashqari, reportajda kelajakda  Mo'ynoq tumanida "USAID" xalqaro tashkiloti yordamida 3 ta meteostansiya ishga tushirilishi ta'kidlangan.

Foydali manbalar