Nukusda huquqbuzar qizilmiya ildizlarini qazib olayotgan vaqtida to‘xtatildi
06.
09. 2023
11:44
1818
Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi Nukus tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida "Baqanshaqli" OFY hududida fuqaro N. B. noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz 1800 kg qizilmiya oʻsimligi ildizlarini qazib olayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun 5 million 940 ming so‘m daʼvo hisoblandi. 

Shuningdek, MJtKning 60-moddasiga asosan maʼmuriy ishlar boʻyicha sud organiga taqdim etish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Foydali manbalar