Rasmiy munosabat!
05.
09. 2023
18:21
1988
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tashkil etilgani, "Toza hudud" korxonasining barcha texnikalari direksiyaga o‘tkazib berilishi va bu "Toza hudud" faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi haqida murojaat tarqaldi. 

Vazirlik mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-171-son qaroriga asosan vazirlik huzurida "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi tashkil etilgan. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining "Chiqindi poligonlari va maxsus texnika vositalarini xatlovdan o‘tkazish hamda "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga ko‘ra, "Toza hudud" davlat unitar korxonalarining asosiy faoliyati, ya'ni qattiq va maishiy chiqindi tashishga mo‘ljallangan texnika vositalari (xususan, multilift ham) olib qo‘yilmaydi. 

Chiqindi poligonlari va suyuq chiqindi tashishga mo‘ljallangan, direksiya faoliyati uchun muhim hisoblangan  texnika vositalari (xususan, assenizator) esa direksiya tarkibiga o‘tkaziladi.

Foydali manbalar