Buxoroda 4 tup daraxt qo‘porildi. Huquqbuzar 400 tup daraxt ekadi
04.
09. 2023
23:57
2579
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati, G’ijduvon tumanida yo’l qurilish ishlari olib borilayotganligi, qurilish davomida manzarali daraxtlar qo’porib tashlanganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi. O’rganish davomida G’ijduvon tumani yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4 tup manazarali daraxt qo’porib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona direktori E. F.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Shuningdek, daraxtlar qo‘porilishi natijasida tabiatga 50 million 325 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzar qo‘shimcha jazo tariqasida kesilgan daraxtlar o‘rniga jami 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.

Tegishli hujjatlar huquqbuzarga chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi.

Foydali manbalar