Andijonda ayrim fuqarolar ko‘chalarni toza saqlashdan bosh tortib, doimiy ravishda belgilanmagan joylarda noqonuniy chiqindixona hosil qilmoqda.
28.
08. 2023
14:56
2197
Yangiliklar

Bu holatni bartaraf etish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan 21-avgust kuni tegishli hududda videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Mazkur kamera 360 daraja aylanib, har tomonni kuzatish imkonini beradi va qonunbuzarliklarni kechayu kunduz qayd etib boradi.

Ayni paytda o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasi qayd etgan barcha 30 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun jismoniy shaxslarga 330 000 so‘mdan 990 000 so‘mgacha jarima solinadi.

Foydali manbalar