Yurtimizda "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasiga start beriladi
25.
08. 2023
10:53
2431
Yangiliklar

2023-yil 1-sentyabrdan respublika bo'yicha "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasiga start beriladi. 

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 332-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. 

Tadbirdan maqsad jamoatchilikni yong‘inlarning oldini olishga keng jalb qilishdir. 

Barchangizni "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasida faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Ma'lumot uchun, avvalroq "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri bo‘lib o‘tgandi.

Foydali manbalar