Kattaqo'rg'onda chiqindilarni musiqali usulda olib ketish yo'lga qo'yildi
22.
08. 2023
15:16
2281
Yangiliklar

Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumanida “Kattaqo‘rg‘on obod servis” MCHJ tomonidan aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketishning musiqali usuli yo'lga qo'yildi. 

Endi chiqindi mashinasi baland signal emas, musiqa orqali chiqindilarni olib ketadi. 

Ma'lumot uchun, aholi yashash punktlaridan chiqindi yig'adigan maxsus texnika vositalarining baland signal chalib kelishi odamlarning e'tirozlariga sabab bo'layotgan edi. Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni olib ketishning signal usuli o'rniga musiqali usul joriy qilindi.

Bugunga qadar Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida musiqali usul sinov tariqasida yo'lga qo'yilgan. Agar sinov muvaffaqiyatli o'tsa, respublikaning barcha hududlarida shu usuldan foydalaniladi.

Foydali manbalar