Yangiyo'lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaroga jarima solindi
18.
08. 2023
12:17
2267
Yangiliklar

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahrida sodir bo'lgan navbatdagi huquqbuzarlik muhrlandi. 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan holat o'rganilib, "Navro'z" MFY hududida fuqaro I. M. davlat raqami "10 D 549 DA" bo'lgan "Jiguli" rusumli avtomobilda belgilanmagan hududga noqonuniy chiqindi tashlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. M. bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari — 660 000 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Foydali manbalar