Qashqadaryoda noqonuniy baliq ovlagan huquqbuzarlar jarimaga tortildi
17.
08. 2023
16:24
2309
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida "Talimarjon" suv omborida tungi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Reyd davomida suv omborida 2 nafar fuqaro — Sh. A. hamda G'. S. tomonidan baliq ovlash uchun taqiqlangan joyda leska toʻri yordamida 21 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  bazaviy hisoblash miqdorining oʻn barobari – 3 million 300 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

Foydali manbalar