Toshkentda ikkita chinor kesildi. 200 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
14.
08. 2023
12:03
3560
Yangiliklar

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt kesishga oid navbatdagi qonun buzilishi holati aniqlandi.

O‘rganish natijasida Yunusobod tumani 7-mavzesi, "Astrobod" MFY hududida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani ma'lum bo‘ldi. 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori 4-ilovasiga asosan, tabiatga 204 mln 105 ming so'm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni ko'rish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Foydali manbalar