Toshkentda qanoti shikastlangan burgutga yordam ko'rsatildi
10.
08. 2023
11:59
2007
Yangiliklar

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga aholi xonadonlaridan biriga burgut yirtqich qushi borligi haqida murojaat kelib tushdi. 

Murojaat o'rganilganida Yashnobod tumani, "M.Ashrafiy" MFY, 74-uyga burgut kelib qolgani ma'lum bo'ldi. Xonadon egasi qanoti shikastlangan qushga yordam ko'rsatgan va bu haqda ekologiya boshqarmasiga xabar bergan.

Burgut tuman ekologiya inspektorlari tomonidan Toshkent hayvonot bog'iga jo'natildi.

Foydali manbalar