Obodonlashtirish oyligi doirasida hududlar chiqindilardan tozalanmoqda
09.
08. 2023
16:09
2382
Yangiliklar

Ayni damda butun Respublika hududida Obodonlashtirish oyligi o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda Ekologiya vazirligi va hududlar boshqarmalari, tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. 

Namangan viloyatida hozirgi kungacha 900 ming gektardan ortiq hududlar obodonlashtirildi. 500 km ortiq kanal, zovurlar, katta ariq hamda 700 km ortiq serqatnov avtomobil yo‘llari chetlari turli chiqindilardan tozalandi. Shu bilan birga, 452 ta mahalla, 1602 ta ko‘cha, 214 ta qabriston obod qilindi. 



Qolaversa, 400 dan ortiq maxsus texnikalar yordamida 7,7 ming tonnadan ortiq chiqindilar poligonlarga joylashtirildi.

Jizzax viloyatida ham oylik doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 30-iyuldan hozirga qadar jami 5061 tonna qattiq va maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi. 14 ta chiqindi yigʼish shaxobchalari taʼmirlandi.

Bundan tashqari, obodonlashtirish ishlari davomida 307 ta daraxtga har xil reklama bannerlari, elektr simlari, lampalar, beton va asfalt qoplamalari, mix va shikast yetkazuvchi metallar bilan zarar yetkazish holatlari aniqlandi. 12 ta holatda aybdor shaxslarga nisbatan jami 19 mln 800 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarima va 4 ta holatda 7 mln 920 ming so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summalari qo‘llanildi. 

Respublikamizning boshqa hududlarida ham keng ko'lamli tozalash ishlari o‘tkazilmoqda.

Ma'lumot uchun, Obodonlashtirish oyligi 30-avgustgacha davom etadi. Maqsad O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko'rish, hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, "mahalladan xonadongacha" tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishdir.

Foydali manbalar