Tabiat bilan hamohang: "Piknik madaniyati" tadbiri tashkil etildi
09.
08. 2023
13:59
1902
Yangiliklar

Ekologiya vazirligi hamda “Yosh sayyohlik doirasi balandligi” bolalar loyihasi ko‘magida “Amirsoy-kurort” tog‘-chang‘i kurortida tashkil etildi. Unda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, yosh ekologik faollar, jamoatchilik vakillari, talabalar ishtirok etdi.

"Bugun iqlim o'zgarishi yaqqol namoyon bo'layotgan davrda yashayapmiz. Yozda kunlar issiqroq, qishda sovuqroq, chang-bo'ronlar paydo bo'lmoqda, – dedi A. Abduhakimov. – Bularning barchasi insonlarga, tabiatga ta'sir qiladi. Mutaxassislarning fikricha, bularning barchasiga insonlarning iqtisodiy faoliyati sababdir! Shuning uchun tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologik muammolarni hal qilishga yanaga jiddiy yondashish lozim".

Aziz Abduhakimov, shuningdek, ekologik muvozanatni saqlash bugunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini aytib o'tdi. 

Tadbirda, shuningdek, "Yosh sayyohlik doirasi balandligi" bolalar loyihasi tashkilotchisi  Yevgeniy Malaxov ota-onalar o'z farzandlarida tabiatga mehr uyg'otishlari lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, bolalar oromgohlarida ekologiyani toza saqlashga katta ahamiyat berilishini qayd etdi.

"Oromgohlarda bolalar shunchaki dam olishmaydi. O'qishadi, o'rganishadi. Bolalar umuman telefondan foydalanishmaydi, vaqtlarini tabiat bilan hamohang o'tkazishadi. Ularga atrof-muhitni toza saqlash muhim ekanligi, tabiat oldida mas'uliyatli bo'lish lozimligi uqtiriladi. Oromgohlar shuning uchun ham ahamiyatli",dedi Y. Malaxov.

Tadbir davomida yosh ekofaollar bugungi kundagi sohaga oid dolzarb muammolar borasida o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, hudud chiqindilardan tozalandi. 

Bundan tashqari, piknik davomida yoshlar o’rtasida turli o’yinlar, musobaqalar tashkil etildi. Tadbir so‘ngida piknik ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Piknik tadbiridan maqsad aholi, xususan, yoshlar o’rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiat bilan uyg’unlikni yanada mustahkamlashdir.

Foydali manbalar