Sa'va qushlarini noqonuniy saqlab kelayotgan huquqbuzarga chora ko‘rildi
08.
08. 2023
14:10
2109
Yangiliklar

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan sa'va (kokil norchi) qushlari noqonuniy saqlab kelinayotganligi to'g'risida murojaat kelib tushdi. 

Murojaat Chilonzor tumani Ekologiya va Ekopatrul bo'limi davlat inspektorlari tomonidan o'rganildi. O'rganish davomida tumanning "Naqqoshlik" MFY hududida yashovchi fuqaro M. M tomonidan sa'valar noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi. Qushlar dalolatnoma asosida olib qo'yildi va tabiat bag'riga qo'yib yuborildi.

Shuningdek, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan MJtKning 92-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million 300 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Foydali manbalar