Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro D.A. Tuproqqal'a tumanidan tabiiy holatda o'sgan saksovul o'simliklarini noqonuniy tarzda qo'porib, olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 61 mln 908 ming so'm zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, D.A.ga 1 mln 650 ming so'm miqdorida jarima solindi.
Fuqaro jami 63 million 558 ming so'm to'laydigan bo'ldi.