O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi arafasida respublikamiz bo‘ylab Obodonlashtirish oyligi o‘tkazilmoqda
04.
08. 2023
13:05
2163
Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 459-F-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida 30-iyuldan butun respublika bo'yicha Obodonlashtirish oyligi bo‘lib o‘tmoqda. 

Maqsad O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko'rish, hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, "mahalladan xonadongacha" tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishdir.

Obodonlashtirish oyligi davomida barcha hududlarda tozalik va ko'kalamzorlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, chiqindi tashlash, daraxtlar kesilishi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi holatlar ustidan nazorat yanada kuchaytiriladi.

Obodonlashtirish oyligi 30-avgustgacha davom etadi.

Ma'lumot uchun, Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishining oldini olish maqsadida hududlarga onlayn kuzatuv kameralari o'rnatilmoqda. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindi tashlanadigan joylarda 25 ta zamonaviy kameralar o‘rnatilib, dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan onlayn rejimda doimiy doimiy nazorat qilinmoqda.

Qolaversa, bugungi kunda qo‘shimcha 200 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida butun respublikada 1000 ga yaqin kameralar o‘rnatiladi.

Foydali manbalar