Onlayn kuzatuv kamerasi orqali yana bir huquqbuzarlik aniqlandi
03.
08. 2023
10:25
2616
Yangiliklar

Toshkent viloyati Zangiota tumanidan oqib oʼtuvchi “Boʼzsuv” kanali atrofidagi belgilanmagan hududlarda chiqindi tashlangan. 

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Aniqlanishicha, Shayxontoxur tumani “Maxsustrans” DUK ga tegishli boʼlgan maxsus chiqindi tashuvchi avtomashina haydovchisi “Boʼzsuv” kanali atrofiga noqonuniy ravishda har xil turdagi chiqindilarni tashlab ketgan.

Holat boʼyicha belgilangan tartibda huquqbuzarlik sodir qilgan avtomashina haydovchisiga MJtKning 91/1-moddasi  3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari (1 650 000 soʼm) miqdorida jarima belgilandi.

Foydali manbalar