Qizil kitobga kiritilgan yirtqich botqoq qushiga tibbiy yordam ko‘rsatildi 
02.
08. 2023
09:24
1568
Yangiliklar

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi fuqaro Sh.X. uyi atrofiga yovvoyi yirtqich qush kelib qolgani haqida xabar berdi. 

Voqea joyiga yetib borgan tuman ekologiya bo'limi xodimlari bir qanoti shikastlangan qush yovvoyi yirtqich botqoq qushi ekanligini aniqlashdi. 

Ayni paytda qushga Nurobod tumani "Girdikurgon" MFY hududidagi "Eko-Zoo" tur kichik hayvonot bog‘ida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Botqoq qushi tez orada tabiat bag'riga qo'yib yuboriladi.

Ma'lumot uchun, yirtqich botqoq qushi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Foydali manbalar