Qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagan huquqbuzarlardan 10 millionga yaqin jarima undirildi
31.
07. 2023
10:59
1648
Yangiliklar

Yuqorichirchiq tumani "Navoiy" MFY hududida tuman ekologiya bo'limi hamda milliy gvardiya xodimlari ishtirokida reyd tadbiri o'tkazildi. 

Tadbir davomida 6 nafar fuqaro tomonidan "SONY" rusumli yuk tashuvchi avtotransport vositasi yordamida har xil turdagi qurilish chiqindilari "Navoiy" MFY hududidan oqib o'tuvchi Qorasuv daryosining muhofaza mintaqasiga noqonuniy tashlangani aniqlandi.

Holat yuzasidan MJtKning 91prim 1-moddasining 3- qismi bilan har bir huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida ma'muriy jarima qo'llanildi. Yuk tashuvchi 6 dona avtotransport vositasi esa  vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Noqonuniy joylashtirilgan har xil turdagi qurilish chiqindilari maxsus texnika yordamida to'liq olib chiqib ketildi va 6 nafar huquqbuzarga nisbatan qo'llanilgan  jami 19,8 mln so'm ma'muriy jarimadan MJtKning 332-moddasiga asosan 9,9 mln so'm undirildi.

Ma'lumot uchun, MJtKning 332(1)-moddasiga ko'ra , huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Foydali manbalar