Kosonsoyda Qizil kitobga kiritilgan olaqo‘zan saqlanayotgani aniqlandi 
29.
07. 2023
15:16
2467
Yangiliklar

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Kosonsoy tuman bo‘limiga “Majnuntol” mahallasida noyob jonivor ushlanganligi haqida murojaat qilindi.

Voqea joyiga yetib borgan Kosonsoy tuman inspeksiyasi xodimlari noyob hayvon O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan olaqo‘zan ekanligini aniqlandi. Jonivor shu kunning o‘zida tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi.

Ma'lumot uchun, olaqo‘zanning uzunligi 50 sm gacha, og'irligi esa 1 kg.gacha yetadi. Cho'llarda va tog‘ etaklarida tarqalgan, kemiruvchilar, qushlar va kaltakesak bilan oziqlanadi.

Mamlakatimizda taxminan besh mingga yaqin olaqo‘zan saqlanib qolgan. Qizilqum va Zarafshon qo‘riqxonalarida muhofazaga olingan.

Foydali manbalar