Jizzaxda daraxtlarni noqonuniy kesganlarga tezkor chora ko'rildi
26.
07. 2023
14:15
2301
Yangiliklar

Joriy yilning 22-iyul kuni soat 23:00da Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasining “Ishonch telefoni”ga Zarbdor tumanida daraxtlarning noqonuniy kesilgani haqida murojaat kelib tushdi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Ekologiya boshqarmasi inspektorlari va Zarbdor tumani IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh soat 23:30 da voqea joyiga yetib borishdi.



O‘rganish davomida Zarbdor tumani, A. Navoiy MFY hududida fuqarolar A. U.  va  Z. S. tomonidan 1 tup o‘sishdan to‘xtamagan va 1 tup qurigan  archa daraxtlari noqonuniy kesilganligi aniqlandi. 

Shu kuni soat 02:30 da huquqbuzarlarga tegishli bo‘lgan, kesilgan daraxtlar ortilgan avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi.  

Fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzildi. Mazkur huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan daraxt va butalarga qonunga xilof ravishda shikast yetkazganlik uchun jarima miqdori moratoriy davrida besh barobar, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa ikki barobarga oshirilgan.

Foydali manbalar