Samarqandda aholi xonadoniga kelib qolgan ukki tabiat bog‘iga topshirildi
26.
07. 2023
14:06
2882
Yangiliklar

Samarqand viloyati Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limiga xonadonlardan birida ukki yirtqich qushi saqlanayotganligi haqida xabar kelib tushdi. 

O‘rganish natijasida Ukrach mahallasida yashovchi M.Muhammadiyevning bog‘iga ukki kelib qolgani ma’lum bo’ldi. Fuqaro bu haqda mahalla profilaktika inspektoriga xabar bergan.

Doimiy muhofazaga olingan qush tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, vaqtincha parvarishlash uchun Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga topshirildi. 

Ukki tez orada ochiq tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.

Foydali manbalar