Chinozda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jazolandi
24.
07. 2023
16:11
1679
Yangiliklar

Toshkent viloyati, Chinoz tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. 

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Chinozdagi "Chinmasjid" MFY hududiga chiqindi tashlangani muhrlandi. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni fuqaro Sh. I. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 330 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar