Chiqindi qutilari uchun kim javobgar?
17.
07. 2023
12:51
1604
Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq  binolar va inshootlar oldida maxsus chiqindi qutilarini o'rnatish lozim.

Shu bilan birga, chiqindi qutilari ushbu hududlarni tozalashga mas'ul bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o'rnatilishi kerak. Chiqindi qutilarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan joylar ro‘yxati bilan mazkur Farmonning 3-bobida tanishishingiz mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, chiqindi qutilarini o‘rnatish sanitariya tozalash hududlarining mulkdorlari (do'konlar, kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, maishiy xizmat ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Unutmang! Maxsus chiqindi qutilarini o'rnatmaslik va boshqa huquqbuzarliklar MJtKga asosan javobgarlikka sabab bo'ladi.

Foydali manbalar