Zomindagi qishloq hududida yong'in sodir bo'ldi
17.
07. 2023
11:34
1966
Yangiliklar

Jizzax viloyati, Zomin tumani "Duoba" QFYdagi "O‘rikli" qishlog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Yong'in viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezda o'chirildi. Hududdagi daraxt va butalarga talofat yetmagan. 

Ayni damda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi,  Zomin tumani tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat FVB xodimlari tomonidan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Hudud to‘liq nazoratga olingan.

Surishtiruv ishlari yakunlangach,  aybdorlarga nisbatan qonunchilikka asosan tegishli choralar ko‘riladi. 

Holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.

Foydali manbalar