Qum-shag‘al aralashmasini qazib olgan huquqbuzar 6 600 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi
12.
07. 2023
12:52
2060
Yangiliklar

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan kuzatuv reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Reyd davomida “Qorateri” mahallasida yashovchi L.M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi ko‘magida mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "Qoradaryo" daryosi muhofaza qismidan qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklab berayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (6 600 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Foydali manbalar