Uchta ignabargli daraxtni kesib tashlagan huquqbuzar 1 million 650 ming so‘m jarimaga tortildi
07.
07. 2023
11:49
3277
Yangiliklar

Shuningdek, u o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham qoplaydi.

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik reyd davomida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi inspektorlari tomonidan daraxtlarning noqonuniy kesilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs tegishli ruxsatnomasiz jami 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesib, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 37 va 49-moddalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzilib, 1 650 000 so‘m miqdorida jarima solindi. Shuningdek, huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham to'laydi.

Foydali manbalar