Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar jarima to‘laydigan bo‘ldi
03.
07. 2023
18:03
1864
Yangiliklar

Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Yangibog' MFY hududiga chiqindi tashlangani muhrlandi. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni fuqaro S. D. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar