Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o'zi tozaladi va 1 650 000 so‘m jarimaga tortildi
27.
06. 2023
12:21
2297
Yangiliklar

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Shayxontohurdagi Ko‘kcha darvoza MFY hududiga chiqindi tashlangani muhrlandi. 

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni fuqaro S. R. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi. Shuningdek, unga nisbatan 1 650 000.00 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar