Birinchi marta Orol tubi bo’ylab 42 km!
21.
06. 2023
11:19
4073
Yangiliklar

O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo'ylab 42 km 195 m masofani bosib o'tdi.  Bu marafon 17-iyun – Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etildi. 

Yugurish "Aral Eco Marathon” marafoni doirasida o‘tkazildi. Maqsad jahon hamjamiyatining e'tiborini ushbu mintaqaning ekologik muammolariga qaratish va barchani sayyoramizni saqlab qolish uchun faol qadamlar tashlashga undashdir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan hududida global ekologik muammoning oldini olish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. – Xususan, 2018–2022-yillar oralig'ida 1,6 mln gektar maydonda "yashil qoplamalar" himoya o‘rmonzorlari barpo qilindi. 2023-yilda esa Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida 128 ming gektar maydonda "yashil qoplamalar" yaratildi. Bundan tashqari, har yili 100 gektardan kam bo'lmagan hajmda saksovul niholxonalari tashkil etildi". 

Ta'kidlash joizki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 21,8 mln dona iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalarning koʻchat va qalamchalari yetkazib berildi. Yangidan 500 gektar hududda tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlaridan niholxona va koʻchatxonalar tashkil etildi.

Qolaversa, joriy yilda Nukus shahri atrofida 5 km masofada 3590 ta, Urganch shahri va Urganch-Gurlan avtomobil yoʻli atrofiga 5 km masofada 2500 ta katalpa, qayrogʻoch, yapon saforasi kabi tuproq-iqlim sharoitga mos daraxtlar koʻchatlari ekilib, “yashil belbogʻlar” barpo qilindi.

Marafon videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/4_ofd38L9T8?feature=share

Foydali manbalar